Apple kompaniyasi iPhone 12 lineykasi va boshqa yangi smartfonlari jamlanmasidan naushnik va quvvatlantirgichni olib qo‘ygani to‘g‘risida xabar berilgandi. Counterpoint Research kompaniyasi Apple buning ortidan qancha mablag‘ tejab qolganini hisoblab chiqdi, deb xabar beradi IXBT.

Foto: IXBT

Ta’kidlanishicha, qadoqlash jarayoni va aksessuarlari natijasida har bir iPhone 12 o‘zidan oldingi modeldan 4,2 dollarga arzonroqqa “aylanyapti”.

Bir tarafdan 4,2 dollar u qadar katta summa emas, biroq yil oxirida iPhone 12 smartfonlar seriyasini yetkazib berish hajmi 63 million donaga yetgani hisobga olinadigan bo‘lsa, bu Apple’ga 264 million dollardan ortiq mablag‘ni tejab qolish imkonini bergan.

Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, Apple muntazam o‘tkazib kelinadigan so‘rovlar, shuningdek, atrof-muhitni himoya qilish borasidagi fikrlarni e’tiborga olib, kelajakda ham smartfonlar jamlanmasidan quvvatlantirgich va ma’lumotlarni uzatish kabelini olib qo‘yadi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning noyabr oxirlarida Fomalhaut tadqiqot kompaniyasi Nikkei Asia nashri bilan hamkorlikda yangi iPhone jamlanmalarining tannarxini 406 dollarga baholagan edi — savdolarda esa smartfon 2,5 barobar qimmat narxda sotilmoqda.