Qashqadaryo viloyatida hokim Zoir Mirzayev boshchiligidagi hokimlar birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Dehqonobod tumani hokimi Zoir Aliqulov tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda.

Foto: “Daryo”

Ta’kidlanishicha, hokimlar Prezident administratsiyasi topshirig‘iga asosan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Kitob tumani hokimi Alisher Zokirov tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda.

Foto: “Daryo”

“Qashqadaryo hokimi Zoir Mirzayev boshchiligidagi tuman va shahar hokimlari, shuningdek, viloyat hokimining barcha o‘rinbosarlari 7-yanvar kuni birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Tibbiy ko‘rik viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot poliklinikasida amalga oshirildi”, — deydi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shavkat Mamadiyev.

Shahrisabz shahri hokimi Akrom Sulaymonov tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda.

Foto: “Daryo”

Shavkat Mamadiyevning qo‘shimcha qilishicha, bu jarayon hokimlar bilan boshlanib, barchani qamrab oladi. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilida aholi salomatligiga alohida e’tibor qaratiladi.