Fransiyada dunyoga kelgan Narniya laqabli mushuk noodatiy tashqi ko‘rinishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishdi. Nomidan ochilgan Instagram sahifasida 250 mingdan ortiq obunachisi bor Narniya yaqinda ota bo‘ldi.

Foto: Woman’s day

Yuzining teng yarmi kulrang, ikkinchi tarafi esa qora, tanasi qora, bo‘yin qismi esa oq rangdan iborat Narniyaning egasi mushukni bir ko‘rishda yoqtirib qolgan.

Narniyaning dunyoga kelgan bolalari biri kulrang, ikkinchisi esa qora rangda.

Foto: Woman’s day

Qayd qilinishicha, bunday ko‘rinishga ega bo‘lishga bir hayvonda ikki turli ajdodning geni mujassamlashgani sabab bo‘ladi va ba’zida nafaqat hayvonning juni, balki ko‘z ranglari ham farqli bo‘ladi.

Foto: Woman’s day