• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    SSSR tarixidagi sirli va shovqinli qotillik. Rus inqilobchisi Sergey Kirovning o‘ldirilishi tarixi

    Sergey Mironovich Kirov (asl familiya – Kostrkov) – rus revolyutsioneri, sovet davlat va siyosat arbobi. Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) partorganizatsiya, Siyosiy byuro va Orgbyuro rahbari hamda Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi bo‘lib ishlagan inson fojiasi 1-dekabr 1934-yilda sodir bo‘ldi. Uning o‘limi Leonid Nikolayev tomonidan amalga oshirildi. Qotillikning motivlari esa haligacha noma’lum.

    Hokimiyatga kelish: Sergey Kirov kim edi?

    Bugungi qahramonimizning bolaligi Perm guberniyasidagi yetimxonalardan birida kechdi. U yerdan so‘ng o‘qishni davom ettirgan Sergey o‘qishi sababli Kazanga bordi. O‘qishni a’lo baholarga tugatgandan so‘ng u 1904-yilda Tomskda chizmachi bo‘lib ish boshladi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Sergey Kirovning inqilobiy faoliyatiga nazar soladigan bo‘lsak, aynan mana shu yilda u Rossiya ishchilar sotsial-demokratik partiyasiga (RISDP) a’zo bo‘ldi. Partiyadagi taxallusi – Serj. 1905-yilda u birinchi marta namoyishlarda qatnashdi va politsiya tomonidan hibsga olindi. Qamoqdan chiqqandan keyin u jangovar otryadlarni boshqardi. Shu yilning iyul oyida Tomsk shahar partiya konferensiyasi Kirovni RISDP Tomsk qo‘mitasi a’zosi etib sayladi.

    Uch oy o‘tib, u Tayga katta temiryo‘l stansiyasida ish tashlash uyushtirdi. 1906-yil iyulda u hibsga olindi va Tomsk qal’asida (qamoqxonada) bir yarim yil davomida noqonuniy bosmaxona tashkil qilgani uchun saqlandi. 1908-yildan boshlab Sergey Kostrikov professional inqilobchiga aylanib, Irkutsk va Novonikolayevskda ishlaydi.

    1909-yilda u Vladikavkazga ko‘chib kelib, Shimoliy Kavkazdagi kadetlar gazetasi “Terek”ning xodimiga aylandi. Uning maqolalari Sergey Mironov taxallusi bilan nashr etilgan, havaskorlarning chiqishlarida qatnashgan, alpinizmni yaxshi ko‘rgan edi. “Kirov” laqabi tasodifan paydo bo‘lmadi, u grek yo forscha ism – Kirdan olindi. 1912-yilda “Terek”gazetasi S. Kirov taxallusi ostida “Yo‘l bo‘ylab” maqolasini e’lon qildi. Aynan mana shu taxallus bilan u SSSR tarixiga ham kirdi.

    U 1919-yilda XI armiyaning inqilobiy harbiy kengashining a’zosi bo‘ldi. 1920-yil 28-aprelda XI Qizil Armiya tarkibida Bokuga kirib, Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasining Kavkaz byurosining a’zosi bo‘ldi, 1920-yil iyunida Sovet Rossiyasining Gruziyadagi muxtor vakili etib tayinlandi, 1920-yil oktabrida Riga shahrida bo‘lib o‘tgan Polsha bilan tinchlik shartnomasini tuzish bo‘yicha muzokaralarda Sovet delegatsiyasiga rahbarlik qildi.

    1921-yilda Kommunistik partiyaning 10-syezdida Sergey Kirov Markaziy qo‘mita a’zoligiga nomzod sifatida tanlanib, shu yilning o‘zida Ozarbayjon Markaziy qo‘mitasi kompartiyasining birinchi kotibi bo‘ladi. 1923-yilning aprel oyida bo‘lib o‘tgan partiyaning 12-syezdida Kirov Kommunistik partiya Markaziy qo‘mitasi a’zoligiga qabul qilindi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    1926-yil 8-yanvarda Sergey Kirov Leningrad viloyat qo‘mitasi va shahar partiya qo‘mitasi hamda Butunittifoq Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasining shimoliy-g‘arbiy byurosi birinchi kotibi etib tayinlandi, shuningdek, Butunittifoq Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi siyosiy byurosi a’zoligiga nomzodi qo‘yildi. 1930-yil iyuldan Sergey Kirov Butunittifoq Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi va SSSR Markaziy ijroiya qo‘mitasi prezidiumining siyosiy byurosi a’zosi bo‘ldi.

    Sergey asosiy e’tiborini Leningradga qaratdi, siyosiy byuroda deyarli ko‘rinish bermadi. Kirov boshchiligida Leningrad va butun shimoliy-g‘arbiy sanoat yangi bosqichga ko‘tarila boshladi. Qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish boshlandi va Leningrad mudofaasini kuchaytirish choralari ko‘rildi. Kirov davrida ko‘plab sohalar rivojlana boshladi, hatto 1934-yilda Kirov neft sanoatini tiklagani va rekonstruksiya qilgani sababli Lenin ordeni bilan taqdirlandi.

    Suiqasd

    Sergey Kirov o‘limining aniq sababi, ya’ni qaysi sababga ko‘ra o‘ldirilgani bo‘yicha aniq bir dalil yo‘q. Ammo SSSRdagi repressiyalarga sabab bo‘lgan suiqasdning bir necha xil versiyalari mavjud. Ularning birida shaxsan Stalinning ham qo‘li borligi aytiladi. Nikita Xrushyov o‘zining chiqishlarida Kirovning o‘limi shaxsan Stalinning o‘zi va SSSR ichki ishlar komissariati tomonidan tashkillashtirilganini ta’kidladi.

    Xrushyovning taklifiga binoan ushbu ishni o‘rganishda alohida komissiya tuzildi, ammo uning natijalari Xrushyov hukmronligida e’lon qilinmadi. Sovet siyosatchisi Vyacheslav Molotovning aytishicha, komissiya Kirovning o‘limiga Stalinning aloqasi yo‘qligini tasdiqlagan va Xrushyovga bundan manfaat yo‘qligi uchun natijalar e’lon qilinmadi. Stalinning suiqasdga aloqasi hech qanaqasiga isbotlanmadi.

    Yana bir versiyaga ko‘ra, Sergey Kirov bilan qotilning shaxsiy adovatlari bor edi. Leningrad bo‘ylab tarqalgan mish-mishlarda  Kirov Nikolayevning xotini – Milda Draule bilan ishqiy munosabatda bo‘lgani haqida gap boradi. Biroq Stalinni bu versiya qiziqtirmadi. Milda Draule so‘roq qilinib, otuvga hukm qilindi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    1-dekabr kuni Leningradda, Tauridlar saroyida partiya faollarining yig‘ilishi Kirovning ratsion tizimini bekor qilish to‘g‘risidagi ma’ruzasi bilan o‘tishi kerak edi. Shu kuni ertalab u o‘z hisobotiga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Smolniy binosiga markaziy kirish eshigi orqali kirib, uchinchi qavatga ko‘tarilib, asosiy yo‘lak bo‘ylab yurib, chap tomonga – o‘z kabinetiga boradigan kichik yo‘lakka burildi. Smolniy ichkarisida Kirovga hamrohlik qilish vazifasi qo‘riqchi Mixail Borisovga yuklandi.

    Bu orada Butunittifoq kommunistik partiyasi Leningrad viloyat qo‘mitasining sobiq xodimi, partiya a’zosi Leonid Nikolayev Kirovni o‘ldirish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. U karidorning o‘zidayoq hamma ishni hal qilishni rejalashtirgan edi, ammo rejasi qo‘riqchi sabab amalga oshmadi.

    Yo‘laklar bo‘ylab yurib, Nikolayev kutilmaganda Kirovni ko‘rib qoldi va darhol o‘z rejasini amalga oshirishga qaror qildi. U kichkina koridorga o‘girilib, yugurib chiqib, Kirovning orqa qismidan otib tashladi. Nikolayev darhol o‘zining joniga ham qasd qilishga uringan edi, uni darhol to‘xtatib qolishdi. Shu kunning o‘zida – 1-dekabrdan 2-dekabrga o‘tar kechasi Stalin Leningradga maxsus poyezd bilan yetib keldi. U Moskvadan kelgan maxsus komissiya bilan birgalikda Nikolayevni so‘roq qildi.

    1918-yilda Leninga suiqasd uyushtirilganidan beri, bu yuqori darajadagi Sovet rahbariga qarshi yagona muvaffaqiyatli terakt edi. Biroq Kirovning o‘limiga tarixchilarning alohida qiziqishi bu bilan belgilanmaydi. Smolniyda otilganidan so‘ng repressiyalar kuchaydi, bu ko‘pincha 1937–1938-yillardagi Buyuk terrorning bevosita old sharti va Stalin diktaturasining yakuniy tasdiqlanishi sifatida qabul qilindi.

    Mirjalol Qosimov tayyorladi.

    04.01.2021, 22:59   Izoh (0)   40337
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Yetti yoshida vazni yetti kilo bo‘lgan yamanlik och bola

    04.01.2021, 22:00

    O‘zbekiston Tojikistonning janubida COVID-19 bilan kasallanganlarni qabul qilish markazini quradi

    04.01.2021, 20:41

    Britaniya sudi Julian Assanjni AQShga ekstraditsiya qilishni rad etdi

    04.01.2021, 18:50

    Britaniyada aholini AstraZeneca vaksinasi bilan emlash boshlandi

    04.01.2021, 18:11

    Koronavirusning yangi shtammi bolalar uchun xavfli bo‘lishi mumkin

    04.01.2021, 14:37

    Rossiyada bayramlardan keyin COVID-19’ga chalinish darajasi o‘sishi kutilmoqda

    04.01.2021, 14:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Filmlarda boshqa kino yulduzlarini gavdalantirgan zamonaviy aktrisalar

    Layfstayl | 25 iyun, 09:58

    Xitoyda pora olgan amaldor o‘limga hukm qilindi

    Dunyo | 25 iyun, 09:53

    Jaziramada yoqimsiz hidlardan qutulishga yordam beradigan 7 ta layfhak

    Layfstayl | 25 iyun, 09:47

    “Eronga qarshi urush hali tugamagan” — isroillik general

    Dunyo | 25 iyun, 09:32

    Isroil hujumida 80 dan ortiq g‘azolik halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 25 iyun, 08:40

    O‘zbekistonliklar qurilish, logistika, tibbiy xizmatlar bo‘yicha Shvetsiyaga ishga yuboriladi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 08:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.