Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Vladimir Putin 2020-yil 31-dekabrni Rossiyada umumxalq dam olish kuni qilish g‘oyasini ma’qulladi. Meduza’ning “Interfaks”ga tayanib xabar berishicha, viloyat rahbarlariga bu kunni dam olish kuni, deb e’lon qilishni tavsiya qildi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“31-dekabrga kelsak, u dam olish kuni deb e’lon qilinishi... ishlamaslik — dam olish kerak. Bizda Yangi yilda bayramlar ko‘p, yana bittaga ko‘proq, bittaga kamroq, ehtimol bizdan ketib kamayib qolmaydi. Ammo 31-kuni, haqiqatan ham o‘zgacha ish kuni, yumshoqroq qilib aytganda, tashkillashtiriladi, shuning uchun, albatta buni qo‘llab-quvvatlash kerak.

Ma’lum qilinishicha, 31-dekabrni dam olish kuni deb belgilash to‘g‘risida davlat Dumasi “Yagona Rossiya” fraksiyasi rahbari Sergey Neverov Davlat kengashi yig‘ilishida taklif bilan chiqqan.

Vladimir Putinning ta’kidlashicha, hozirda 31-dekabrni “ushbu muddatda amaldagi qonunga muvofiq” federal darajada dam olish kuniga aylantirishni hozircha imkoni yo‘q. “Kelasi yildan boshlab bu bayramni kelajakda federal darajada tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilish kerak”, — degan prezident.

Avvalroq Rossiyaning o‘nlab viloyat rahbarlari 31-dekabrni dam olish kuni deb e’lon qilgan. Ayrim hududlarda 31-dekabrdagi ish kuni 26-dekabr shanba kuniga ko‘chirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi