Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogining chorak finalidan o‘rin olgan ikki o‘yin 22-dekabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

“Arsenal” o‘z maydonida “Manchester Siti”ni qabul qildi. Mehmonlar uchrashuvning 3-daqiqasidayoq Gabriel Jezusning goli evaziga oldinga o‘tib oldi. Bunga londonliklar 31-daqiqada Aleksander Lyakazettning goli bilan javob qaytardi.

Ikkinchi bo‘limda “shaharliklar” yana uchta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Gollarga Riyod Mahrez, Fil Foden va Emerik Lyaport mualliflik qildi.

Yana bir bahsda “Brentford” o‘z uyida “Nyukasl”ni yengdi. Shu tariqa “Manchester Siti” va “Brentford” musobaqa yarim finaliga yo‘l oldi.

APL

¼ final bosqichi

22-dekabr, seshanba

“Arsenal” — “Manchester Siti” 1:4

Gollar: 0:1 – 3 Gabriel Jezus, 1:1 – 31 Lyakazett, 1:2 – 54 Mahrez, 1:3 – 59 Foden, 1:4 – 73 Lyaport.

“Arsenal”: Runarsson, Kolashinats, Gabriel, Soaresh, Meytlend-Naylz, Sebalyos, Martinelli (Pepe, 49), Uillok, an-Nenni (Smit-Rou, 66), Mustafi, Lyakazett (Balogun, 77).

“Manchester Siti”: Steffen, Lyaport, Joau Kanselu, Ruben Diash, Zinchenko, Foden, Fernandinyo, Bernardu Silva (Ferran Torres, 70), Rodri (Uoker, 77), Mahrez, Gabriel Jezus (Aguero, 74).

Ogohlantirishlar: an-Nenni (23), Mustafi (25), Bernardu Silva (65).

“Brentford” — “Nyukasl” 1:0

Gol: 1:0 – 66 Dasilva.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi
Mahalliy
O‘zbekistonga eng ko‘p qaysi oziq-ovqat mahsulotlari import qilinayotgani aytildi
Mahalliy
Besh nafar tuman hokimi ishdan haydaldi, Bobolov jarimaga tortildi: “Daryo”da hokimlar uchun og‘ir kelgan hafta dayjesti