Twitter o‘z foydalanuvchilarining 2020 va 2021-yil uchun eng qiziqarli izohlarini ko‘cha bannerlariga yopishtirib chiqdi. Hi-Tech.Mail.ru ushbu bannerlarning eng yaxshilarini to‘plab, taqdim etdi.
Ijtimoiy tarmoq ma’lumotlariga ko‘ra, foydalanuvchilar yakunlanayotgan va kirib kelayotgan yil haqida 6 milliondan ortiq tvit qoldirgan. Kompaniya ular orasidan eng yaxshilarini reklama aksiyasi uchun tanlab olgan va Amerikaning yirik shaharlaridagi ko‘chalarga ilib chiqqan. Xususan, bannerlarni Nyu-York, Los-Anjeles, Filadelfiya va San-Fransiskoda uchratish mumkin.
“Men 2021-yilning treylerini ko‘rmagunimcha unga bormayman”.
“2020-yilga eng yomon bahoni beraman”.
“Qadrli 2021-yil, iltimos, 2020-yildan pivongni ushlab turishni so‘rama. Iltimos”.
“Iltimos, bu ahmoqlikni 2021-yilga olib bormang”.
“2020-yil… Do‘stim… Senga nima bo‘ldi?”
“2019-yildan 2021-yilga o‘tyapmiz — 2020-yilni bilmaymiz”.
“2021-yilning birinchi qoidasi: 2020-yil haqida gapirmang”.
“2021-yilga rozi bo‘lishdan oldin kelishuv shartini o‘qib ko‘rishim kerak”.
“Agar 2020-yil odam bo‘lganida, u mening sobiq sevgilim bo‘lardi”.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoq yaqinda 2020-yilni bitta so‘z bilan ta’riflash imkoniyatini taqdim etgandi. Bunga ko‘plab mashhur brendlar e’tibor qaratgan. Xususan, Netflix striming servisi “Nima uchun?” deya savol bilan murojaat qilgan bo‘lsa, YouTube esa 2020-yildan tezroq “obunani bekor qilish”ga qaror qilgan. LEGO esa surat yordamida yakunlanayotgan yilni oyoq bilan konstruktor detaliga bosib olgandagi og‘riqqa qiyoslagan.
Izoh (0)