Daryo

Netflix “2020, kuning bitdi!” filmining treylerini taqdim etdi

Film ustida “Qora ko‘zgu” fantastik seriali yaratuvchilari Annabel Jons va Charli Bruker ish olib borgan

1 daqiqa o‘qish28 390 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter / SleepyKittyPaw

Netflix kompaniyasi Death to 2020 nomli (“2020, kuning bitdi”) yangi komediyasining treylerini taqdim etdi. Film ustida “Qora ko‘zgu” fantastik seriali yaratuvchilari Annabel Jons va Charli Bruker ish olib borgan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Twitter / SleepyKittyPaw

Kartina “psevdo” hujjatli film janrida suratga olingan. Aktyorlar 2020-yilda sodir bo‘lgan haqiqiy voqealarni izohlagan ekspertlar, siyosatchilar va oddiy fuqarolar rolini ijro etgan.

Filmda Xyu Grant, Semyuel L.Jekson, Jiza Kudrou, Jo Kira, shuningdek, Lesli Jons, Kumeyl Nanjiani, Kristin Milioti va boshqalar suratga tushgan.

Mazkur komediya premyerasi 27-dekabr sanasiga rejalashtirilgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar