Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Qashqadaryo viloyatida elektr ta’minotidagi uzilishlar masalasi dolzarb bo‘lib turibdi. “Daryo” muxbirining xabar berishicha, nafaqat tumanlarda, balki viloyat ma’muriy markazi Qarshi shahrida ham kuniga bir necha soatlab eletkrsiz qolayotgan joylar bor.

Xususan, 18-dekabr kuni Qarshi shahrining 6-kichik tumanidagi 11, 41, 47, 48, 49, 51, 57-ko‘p qavatli uylar olti soat elektr energiyasisiz qolgan. Bu uzilish 19-dekabr kuni ham davom etib, tong soat 7:00 da o‘chgan elektr ta’minoti 4—5 soat o‘tib qayta ulangan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” kompaniyasining Qashqarayo viloyati filiali mutasaddilari ushbu uzilishlarni “elektr qurilmalar zo‘riqib ishlayotgani sabab shikastlandi va ta’mirlash uchun shuncha vaqt ketdi”, deya izohlagan.

Qarshilik bloger Otabek Artikovning ta’kidlashicha, u yashaydigan mahallada faqat ikkita ko‘p qavatli uy uchun ajratilgan transformatorga amalda bir necha ko‘p qavatli uy va bir qator savdo majmualari ulangan. Shu kabi holatlar ortiqcha kuchlanish va uzilishlarga sabab bo‘lmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak