Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Yoshlar o‘rtasidagi (U-17) Braziliya chempionatining hal qiluvchi bahsidan o‘rin olgan “Atletiko Paranaense” va “Fluminense” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda ommaviy janjal yuzaga keldi.

Foto: Twitter / @FluminenseFC

Foto: Twitter / @FluminenseFC

Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida mezbonlar o‘yinchisi raqib jamoa hujumchisiga nisbatan qo‘pol o‘ynadi. Shundan keyin ikki jamoa vakillari o‘rtasida janjal boshlandi. Janjalga zaxira o‘rindig‘ida o‘tirgan futbolchilar ham aralashdi. Videotasvirlarda “Atletiko” o‘yinchilaridan biri raqib futbolchisining yuz qismiga oyoq bilan zarba bergani va u maydonga yiqilgach, yana bir necha bor tepki yeganini ko‘rish mumkin.

Biroz vaqt o‘tib janjal to‘xtatilgan. Mahalliy OAVning xabar qilishicha, tortishuvlar natijasida 9 nafar futbolchi chetlatilgan. Final bahsi “Fluminense”ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugali va mehmonlar Braziliya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi