Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Botir Saidov Xorazm viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Xorazm viloyati hokimligi

Foto: Xorazm viloyati hokimligi

Botir Saidov 1975-yilning 13-avgustida Bog‘ot tumanida tug‘ilgan. 1997-yil Urganch davlat universiteti, 2006-yil O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi — agrobiznes, bozor iqtisodiyoti asoslari va tamoyillari.

Botir Saidov bugunga qadar “Xalq banki” Aktivlar monitoringi va muammoli aktivlar bilan ishlash kompleksi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar Xorazm viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Temur Davletov 17-dekabr kuni Xiva hokimi etib tayinlangandi.

Avvalroq Xorazm viloyatining Bog‘ot tumaniga vaqtinchalik hokim, Urganch va Xonqa tumanlariga yangi hokimlar tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekistonda turizm: kecha va bugun
Mahalliy
Sogʻliqni saqlash vaziri: Taʼlimda oʻzgarish qilmas ekanmiz, tibbiyot ham oʻzgarmaydi
Mahalliy
“Oila a’zolari tomonidan muntazam jinsiy zo‘ravonlikka uchrayotgan bolalar ham topiladi” — Bolalar ombudsmani