Dunyoning eng boy odami Jeff Bezosning sobiq rafiqasi Makkenzi Skott to‘rt oy ichida koronavirusga qarshi kurash uchun 4,1 milliard dollar o‘tkazib berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: “MK”

Skottning ma’lum qilishicha, u avvalroq maslahatchilar jamoasiga murojaat qilgan. Jamoa unga koronavirusning iqtisodiy oqibatlaridan zarar ko‘rganlarga haqiqatan ham yordam beradigan xayriya tashkilotini tanlashga yordam bergan.

Makkenzining yordamchilari 6490 ta tashkilotning ishini tahlil qilib chiqqan. Ular orasida 384 tasi tanlab olingan va ular pullarni olgan. Makkenzining qayd etishicha, xayriya, tashkilotlar tomonidan “hech qanday majburiyatni” nazarda tutmaydi.