Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Birdaniga tez ozib bo‘lmaydi, ammo kichik va oddiy urinishlar muvaffaqiyatga erishishga yordam berishi mumkin. Quyidagi tavsiyalarni odat tarziga kiritish va doimiy ekanligiga e’tibor qaratilsa, tez orada ijobiy natijaga erishish mumkin bo‘ladi.

Foto: Freepik

Foto: Freepik

Kichik harakatlardan boshlang

Aksari hollarda ozmoqchi bo‘lgan kishi birvarakayiga sport bilan shug‘ullanmoqchi, to‘g‘ri ovqatlanmoqchi va spirtli ichimliklardan voz kechmoqchi bo‘ladi. Buni uddasidan chiqsa yaxshi albatta, lekin ko‘pincha hammasiga rioya qilish qiyin bo‘ladi. Shu sabab ham parhezshunoslar kichik urinishdan, bir kunda bir o‘zgarishni amalga oshirishdan boshlashni tavsiya qiladi. Masalan, tongda oqsillarga boy nonushta tayyorlang yoki ish vaqti tugaganidani so‘ng bir muddat toza havoda sayr qiling. Tiniqib uxlashni ham foydali odatlar sirasiga kiritish mumkin.

Suv ichishni kanda qilmang

Uyg‘onish bilan bir stakan suv va nonushtadan keyin 1 finjon qahva ichish oddiy, ammo metabolizm yaxshilanishiga hissa qo‘shadigan odat hisoblanadi. Tunda bir stakan suv tayyorlab qo‘ying va uyqudan ko‘zingizni ochishingiz bilan uni iste’mol qiling. Bu orqali siz organizmning tunda yo‘qotgan namligini qoplash va moddalar almashinuvi yaxshilanishiga ko‘mak bergan bo‘lasiz. Qahva esa ozishda samara beradigan eng yaxshi ichimliklardan hisoblanadi.

Yong‘oq iste’mol qiling

Yong‘oq kaloriyaning koni bo‘lishiga qaramay, ozdirish xususiyatiga ega. Bunga to‘liq va sog‘lom moddalar almashinuvi uchun zarur bo‘lgan foydali yog‘lar borligi, shuningdek, qorinni to‘q tutishi sabab bo‘ladi.

Olma yeyishni unutmang

Olma va nok tarkibidagi pektin kletchatkasi ochlik hissiga ta’sir ko‘rsatadi. Tushlikni olma bilan yakunlash, qorinning uzoq vaqt davomida to‘q bo‘lishi garovi.

Yetarlicha ovqatlaning

Ozmoqchi bo‘lsangiz, och qolmaslikka harakat qiling. Chunki kaloriya yetishmaganda metabolizm sekinlashadi, kaloriya energiyaga emas yog‘ga aylanadi. Shu sabab ham kaloriyani tabiiy va foydali mahsulotlar tarkibida qabul qilish kerak.

Tiniqib uxlang

Uzoq vaqt, tiniqib asosiysi esa to‘g‘ri uxlang. Buning uchun xonangiz shamollatilgan hamda gadjetlaringiz sizdan uzoqda bo‘lishi kerak. Qancha tiniqib uxlasangiz, metabolizm shunchalik yaxshi bo‘ladi.

Tarelkangizni almashtiring

Ovqat yegandan keyin to‘yganlik haqidagi signal miyaga kechikibroq yetib boradi va shu sabab ham ochlik hissi qonmadi deb ko‘proq tanavvul qilish holati kuzatiladi. Keragidan ortiq yeb yubormaslik uchun esa ovqatni kichik o‘lchamli tarelkaga suzish tavsiya qilinadi. Idishning kichik bo‘lishi ko‘p tanavvul qilmaslikni 7 foizga kamaytiradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda