Daryo

Pechda pishirish shart emas: Pechenyedan shokoladli tort tayyorlab ko‘ring

Qaymoqli krem istidan yong‘oq sepib, tortni bezating

1 daqiqa o‘qish75 876 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Domashniy Ochag”

Ushbu mazali shirinlikni tayyorlash uchun pechdan foydalanish shart emas.

Foto: “Domashniy Ochag”
Kerakli mahsulotlar:
  • Pechenye — 800 gr
  • Yong‘oq — 100 gr
  • Shakar — 200 gr
  • Kakao kukuni — 60 gr
  • Suv — 240 ml
  • Sariyog‘— 150 gr
  • Vanilin 1 choy qoshiq
  • Qaymoq — 120 ml
  • Shokolad — 120 gr
Tayyorlanish jarayoni:
  • Pechenyeni bo‘laklarga bo‘lib idishga soling;
  • Maydalangan yong‘oqni 4-5 daqiqa davomida yog‘siz tovada qovurib oling, pechenyega qo‘shib aralashtiring;
  • Boshqa bir idishga shakar, kakao qo‘shib aralashtiring, sariyog‘ qo‘shing;
  • Kakaoli aralashmani olovga qo‘yib, 7-8 daqiqa qaynating (muntazam aralashtirib turing);
  • Olovdan oling, vanilin qo‘shib 10 daqiqa sovishini kuting;
  • Shokoladli aralashmani yong‘oqli pechenyega qo‘shib, aralashtiring;
  • Maxsus idishni qandolat qog‘ozi bilan qoplang;
  • Aralashmani soling va qoshiq bilan tekislab chiqing;
  • Ustini plyonka bilan yoping va 50-60 daqiqaga muzlatgichga qo‘ying;
  • Qaymoqni maydalangan shokolad bilan aralashtiring;
  • Aralashmani tort ustiga surting va yong‘oq seping, yana 3-4 soatga muzlatgichga qo‘ying.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar