“Spartak” sobiq bosh direktori Shamil Gazizov yarim himoyachi Oston O‘runovning moskvaliklar safida kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgani haqida gapirdi.
“Spartak”da har doim qiyin. Kamdan kam o‘yinchi kelishi bilan natija namoyish qiladi. Ulardan biri — Mozes, u kelishi bilan o‘zini ko‘rsata oldi. Hatto Aleksandr Kokorin ham qiynalmoqda, u esa bilishimcha, Rossiyaning eng yaxshi futbolchilaridan biri.Eslatib o‘tamiz, “Spartak”ka yozda kelgan Gazizov dekabr oyida poytaxt klubini tark etdi.Ostonga keladigan bo‘lsak, u hali yosh va moslashishi uchun vaqt kerak. Bu futbolchilarni qanday baholayotganini murabbiydan so‘rash kerak. Menga ma’lum bo‘lishicha, Tedesko ularga yuqori baho bermoqda.
Ostonga qiziqayotgan orasida “Rubin”dan boshqa jamoalar ham bor. Futbol bozorida buni hamma biladi. Bu kurashishga arziydigan aktiv.
Shamil Gazizov, “Spartak” sobiq bosh direktori
O‘runov Rossiya chempionati 2020/21-yilgi mavsumida 7 ta o‘yinda maydonga tushdi (bir marta asosiy tarkibda) va birorta ham samarali harakat amalga oshira olmadi. U shuningdek, Rossiya Kubogi doirasida bitta o‘yin o‘tkazib, “Spartak”dagi debyut golini urdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!