Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi (WWF International) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot davomida zamonaviy inson umri davomida 20 kilogrammga yaqin mikroplastik iste’mol qilishini aniqladi, deb xabar beradi Reuters.

Foto: Reuters

Ta’kidlanishicha, odamlar bir hafta davomida plastik kredit kartasining ekvivalenti miqdorida plastik yeyishi mumkin, asosan, mikroplastikka boy ichimlik suvi, shuningdek, mollyuskalar kabi mahsulotlar orqali.

Shunday qilib, inson organizmiga bir oydan so‘ng 4x2 o‘lchamdagi Lego kubigichalik, bir yilda — o‘t o‘chiruvchilar kaskasidek plastik tushadi.

Shu kabi iste’moldan so‘ng, inson o‘n yil davomida 2,5 kilogramm plastik yeydi, bu ikkita katta o‘lchamli plastik trubalarga ekvivalent. Butun umri davomida — 20 kilogrammga yaqin.

Reuters’ning yozishicha, so‘nggi 50 yil ichida plastmassa ishlab chiqarish keskin oshgan. Plastik biologik parchalanmaydi, balki mayda bo‘laklarga bo‘linib natijada atrofga tarqaladi, xususan, ozuqa zanjiriga ham tushadi.

Sautgempton universiteti ekolofik fanlari professori Malkolm Xadsonning aniqlik kiritishicha, atrof-muhitda mikroplastikdan tashqari, nanoplastik deya ataluvchi, aniqlash qiyin bo‘lgan mayda zarralar miqdori ham ortib bormoqda.