Portugaliyalik fotograf Paulo de Oliveyra va uning hamkasblari o‘z ishlari bilan atrof-muhit ifloslanishi naqadar keng ko‘lamli muammo ekanligi hamda chiqindilarni qayta ishlash ahamiyatini ko‘rsatib berdi, deb yozadi Esquire.

Foto: Paulo Di Oliviera/ARDEA

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, har yili okeanga 13 million tonna plastik chiqindilar tashlanadi. Bu dunyo okeanidagi umumiy chiqindining 80 foizi degani.

Plastik quyosh nurlari ta’sirida mayda bo‘laklarga bo‘linadi hamda atrof-muhitga katta zarar yetkazadigan moddalar chiqara boshlaydi. Paketlar, butilkalar, bir martalik idishlar va boshqa chiqindilar dengizda yashovchi jonivorlar va qushlarning oshqozoniga tushadi. Ekologlarning hisob-kitobiga ko‘ra, ushbu holat har yili o‘n minglab jonivorlarning o‘limiga sabab bo‘ladi.

Paulo de Oliveyra o‘z suratlari bilan plastik buyumlar okeanga qanday zarar yetkazayotganiga keng jamoatchilik e’tiborini qaratmoqchi bo‘ldi.

Bu hujjatli suratlar emas, fotograf muammoni yaqqol ko‘rsatish uchun bir necha suratlarni jamlab kompozitsiya yaratgan.

Foto: Paulo Di Oliviera/ARDEA

Foto: Paulo Di Oliviera/ARDEA

Foto: Paulo Di Oliviera/ARDEA

Foto: Paulo Di Oliviera/ARDEA

Foto: Paulo Di Oliviera/ARDEA

Foto: Paulo Di Oliviera/ARDEA

Foto: Paulo Di Oliviera/ARDEA

Foto: Paulo Di Oliviera/ARDEA

Foto: Paulo Di Oliviera/ARDEA

Foto: Paulo Di Oliviera/ARDEA

Foto: Paulo Di Oliviera/ARDEA

Foto: Paulo Di Oliviera/ARDEA

Foto: Paulo Di Oliviera/ARDEA

Foto: Paulo Di Oliviera/ARDEA