C vitamining koni bo‘lgan zanjabil, eng yaxshi tabiiy antioksidantlardan biri hisoblanadi. Ushbu mahsulot organizmda yallig‘lanishni oldini oladi, qarish jarayonini sekinlashtiradi, terini ichkaridan namlantiradi va uni quyoshning ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi, immunitetni mustahkamlaydi.
Kasal bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgani sabab ham mazkur mahsulot sovuq kunlarda har doimgidan dolzarbroq hisoblanadi. Zanjabil organizmni virus va kasallik keltirib chiqaruvchi bakteriyalardan himoya qiladi, immunoglobulin ishlab chiqarilishini yaxshilaydi, ildizidagi gingerol esa antibakterial xususiyatga ega.
Zanjabil ildizidagi faol moddalar organizmning turli shlak va toksinlardan tozalaydi hamda hazm jarayonini yaxshilaydi. U oshqozon suyuqligini ishlab chiqarilishiga ta’sir qilgani sabab ham ovqat hazm bo‘lishi bilan muammo bo‘lmaydi. Aynan shu sabab bilan ham shifokorlar Yangi yil dasturxonida zanjabildan tayyorlangan ichimlik va shirinliklarni o‘rin olishi kerakligini ta’kidlaydi.
Qolaversa, yurak qon-tomir kasalliklari uchun ham samarali. Sizda yurak bilan bog‘liq shikoyat bo‘lmagan taqdirda ham profilaktika sifatida uni iste’mol qilishni kanda qilmaslik kerak. Tarkibidagi faol moddalar qonni suyultiradi, arterial qon bosimni me’yorlashtiradi.
Uning ildizi organizmning deyarli barcha a’zolarining to‘g‘ri ishlashi uchun muhim bo‘lgan kaliyning koni. Suvsizlanish xavfini bartaraf etadi, mushaklar spazmida yordam beradi, miyani kislorod bilan ta’minlagani sabab, xotira va diqqat yaxshilanadi.
Zanjabilni istalgan holda yeyish mumkin, lekin mutaxassislar marinadlanganini iloji boricha iste’mol qilmaslikni tavsiya qiladi. Chunki marinadlanganda zanjabil o‘zining foydalilik xususiyatlarini yarmidan ko‘pini yo‘qotadi qolaversa, zararli qo‘shimcha va krasitellarni ichiga oladi. Uning ildizini barra yoki quritilgan holda issiq taom, salat kofe va choyga qo‘shib iste’mol qiling.
Izoh (0)