Germaniyada koronavirusga qarshi vaksina olish bepul bo‘ladi. “Interfaks”ning yozishicha, bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Olivyer Evald ma’lum qildi.

Foto: “RIA Novosti”

“Kimning qanday sug‘urtasi borligidan qat’i nazar, emlash bepul bo‘ladi”, — degan Evald 4-dekabr kuni jurnalistlarga. Uning aytishicha, Yevropa Ittifoqi jami 300 million doza vaksina sotib olmoqchi.

O‘z navbatida, Germaniya hukumati vakili Shteffen Zaybert emlash ixtiyoriy bo‘lishini bildirgan.

Avvalroq Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasining ikkita dozasi narxi xalqaro bozor uchun, taxminan, 20 dollarni tashkil qilishi, rossiyaliklar uchun vaksina bepul bo‘lishi haqida xabar berilgandiArgentinada ham COVID-19’ga qarshi “Sputnik V” vaksinasi bilan emlash bepul amalga oshiriladiNorvegiya koronavirusga qarshi vaksinani bepul tarqatadi, Yaponiyada ham aholiga koronavirusga qarshi bepul emlanish taklif etilgan. Italiyada AstraZeneca vaksinasi 3 yevrodan kam narxda sotiladi.