Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 11-turida “Manchester Siti” 5-dekabr, shanba kuni “Fulhem”ni qabul qildi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Uchrashuvning 5-daqiqada Rahim Sterling “shaharliklar”ni oldinga olib chiqdi. 26-daqiqada esa Kevin de Bryuyne penaltini aniq amalga oshirgan holda, jamoasining ikkinchi to‘pini kiritdi.

Tanaffusgacha va undan keyin ham Pep Gvardiola jamoasida yana bir qator imkoniyatlar yuzaga keldi. Biroq mazkur hisob o‘yin yakuniga qadar saqlanib qoldi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Manchester Siti”ning ochkolari 18 taga yetdi va jamoa 4-pog‘onaga ko‘tarildi. “Fulhem” (7) esa 17-o‘rinda qoldi.

Tur doirasidagi yana bahsda Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi “Everton” safarda “Byornli” bilan durang o‘ynadi.

APL

11-tur bahslari

5-dekabr, shanba

“Byornli” — “Everton” 1:1

Gollar: 1:0 – 3 Breydi, 1:1 – 45 Kelvert-Lyuin.

“Manchester Siti” — “Fulhem” 2:0

Gollar: 1:0 – 5 Sterling, 2:0 – 26, penalti de Bryuyne.

“Manchester Siti”: Ederson, Ruben Diash, Stounz, Mendi, Joau Kanselu, Rodri, de Bryuyne, Sterling, Gundo‘g‘an, Mahrez, Gabriel Jezus.

“Fulhem”: Areolya, Robinson, Ayna, Andersen, Adarabioyo, Zambo-Angissa, Dekordova-Rid (Kamara, 72), Lukman, Rid (Lemina, 68), Kavaleyru, Loftus-Chik (Kerni, 83).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi