Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida birinchi marta ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimi tortildi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “O‘zsuvta’minot” AJ

Foto: “O‘zsuvta’minot” AJ

Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini qurish, shuningdek, mavjud qurilmalarni qayta ta’mirlash mazkur tumanlardagi 16 ta obyektda rejalashtirilgan edi. Hozirgi paytda ishlar deyarli yakunlangan.

Foto: “O‘zsuvta’minot” AJ

Foto: “O‘zsuvta’minot” AJ

Kompaniya xabariga ko‘ra, 89,9 kilometr uzunlikdagi ichimlik suvi tarmog‘i, shuningdek, 6,9 kilometrli kanalizatsiya tarmog‘i tortilgan. 6 ta ichimlik suvi ta’minoti obyekti va 11 ta kanalizatsiya tozalash qurilmasi barpo etilgan.

Foto: “O‘zsuvta’minot” AJ

Foto: “O‘zsuvta’minot” AJ

Shu tariqa yangi qurilgan ko‘p qavatli va yakka tartibdagi uylar suv bilan ta’minlangan. Ko‘p yillar davomida ichimlik suvi va kanalizatsiya dolzarb masala bo‘lgan qishloq va mahallalarda suv ta’minoti yaxshilangan. Yangi uylarda suv hisoblagichlar o‘rnatilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi