Poytaxtning Yunusobod tumani va Sebzor dahasini bog‘lovchi ko‘prik ta’mirlash ishlari sabab 6-dekabrga qadar yopildi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB axborot xizmati.

Foto: Toshkent shahar IIBB

“Yunusobod tumani va Sebzor dahasini bog‘lovchi Kichik halqa avtomobil yo‘li va Usta Shirin ko‘chasidagi yerusti o‘tkazish yo‘li (ko‘prik)da ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli, taxminan 6-dekabr kuniga qadar transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi”, — deyiladi xabarda.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Poytaxt hokimligi tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qiladi.

Avvalroq Toshkentdagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasining ba’zi qismlari 15-noyabrgacha yopilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.