Poytaxtning Yunusobod tumani va Sebzor dahasini bog‘lovchi ko‘prik ta’mirlash ishlari sabab 6-dekabrga qadar yopildi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB axborot xizmati.
“Yunusobod tumani va Sebzor dahasini bog‘lovchi Kichik halqa avtomobil yo‘li va Usta Shirin ko‘chasidagi yerusti o‘tkazish yo‘li (ko‘prik)da ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli, taxminan 6-dekabr kuniga qadar transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi”, — deyiladi xabarda.
Poytaxt hokimligi tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qiladi.
Avvalroq Toshkentdagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasining ba’zi qismlari 15-noyabrgacha yopilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)