Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Daft Punk musiqiy guruhi uslubida yaratilgan tuxum shaklidagi niqob taqdim etildi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Black niqobi nafaqat yuzni tanuvchi kameralar kuzatuvidan himoya qiladi, balki koronavirus davrida noodatiy aksessuar ham hisoblanadi.

Niqob ichiga HEPA filtrlar tizimi o‘rnatilgan, bitta jamlanma ikki haftaga yetadi. Shu bilan birga, uning ichida odam bemalol nafas olishi uchun moslashtirilgan, biroq u havo-tomchi yo‘li orqali yuqadigan koronavirus va boshqa kasalliklardan himoyalangan.

Niqob korpusi plastikdan tayyorlangan bo‘lib, foydalanuvchi o‘zi xohlagan dizaynni tanlay olishi uchun kompaniya uni almashadigan panellar bilan jihozlagan.

Tuxum-niqobni 79 dollar evaziga Kickstarter orqali buyurtma qilish mumkin. Yechiladigan ikkita panel jamlanmasi uchun yana 20 dollar to‘lash kerak bo‘ladi.

Avvalroq Singapurda COVID-19 simptomlarini kuzatuvchi aqlli niqob yaratilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Undagi datchiklar tizimi tana harorati, qonning kislorod bilan to‘yinganligi, qon bosimi va puls kabi parametrlarni qayd etishga qodir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada deputatlar davlat budjeti muhokamasida mushtlashdi (video)
Mahalliy
Namangandagi ko‘mir mashmashasi: aholi uchun ko‘mir sotib olish — ovoragarchilik, rahbarlar esa ko‘mirga talab uning sifati yaxshiligidan demoqda (video)
Mahalliy
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman — suratlarda