Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Umumta’lim muassasalari bitiruvchilari o‘z iqtidori va qiziqishlariga mos kasbni tanlab olishi, mehnat bozorida munosib o‘rnini topishi, kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishishi uchun 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab kasbga yo‘naltirish tizimi joriy etiladi. Bu haqda 26-noyabrda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va pedagogik-psixologik respublika tashxis markazi bo‘lim boshlig‘i Hayot Foziljonov ma’lum qildi.

Hayot Foziljonov

Hayot Foziljonov
Foto: UzReport TV

Yangi tizim o‘quvchilarni maktab davridanoq kasbga bo‘lgan qiziqishlarini oshirib o‘qitiladi va o‘quvchining tanlovi asosida biror-bir kasbga yo‘naltiriladi. Bu quyidagi tarzda amalga oshiriladi:

  • 7-sinfdan boshlab o‘quvchilar o‘rtasida interaktiv so‘rovnomalar o‘tkazilib, kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishi aniqlanadi va ularning ma’lumotlar bazasi yaratiladi;
  • 7-sinf o‘quvchilari uchun har oyda bir marta “Kasblar olamiga sayohat” mavzusida maxsus kurslar, 8-sinf o‘quvchilari uchun har chorakda kamida bir marotaba “Mening kelajakdagi kasbim” mavzusida seminar-treninglar olib boriladi;
  • 9-sinf o‘quvchilarining kasbiy moyilligi bo‘yicha o‘tkazilgan pedagogik-psixologik tashxislar natijalari asosida kelgusida aniq ishchi kasblar bo‘yicha kasb-hunar maktablarida ta’lim olishi mumkin bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida kasbga yo‘naltirish ishlarini olib boriladi.
“Tizimning afzalligi — o‘quvchilar tizimli ravishda kasb-hunarga yo‘naltirilib boriladi, bu orqali ongli ravishda kasb tanlashga erishiladi. Bundan tashqari, Kasbim – kelajagim nomli platforma yaratildi. Unda o‘quvchilar psixologik testlarni yechishlari va bu orqali qaysi kasb turi o‘zlariga mos ekanligini aniqlashga yordam beradi”, – dedi Hayot Foziljonov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)