Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 9-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 29-noyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

“Milan” o‘z maydonida “Fiorentina”ni qabul qildi. Uchrashuvning 17-daqiqasida Alessio Romanyoli mezbonlarni oldinga olib chiqdi. 27-daqiqada Frank Kessie penaltini muvaffaqiyatli ijro etgan holda, jamoasining ikkinchi golini urdi. Birinchi bo‘lim so‘nggida milanliklar hisobni yirik ko‘rinishga olib kelishi mumkin edi, biroq Kessie ikkinchi penaltidan foydalana olmadi.

Ikkinchi bo‘limda Stefano Pioli shogirdlari vaziyatni nazorat qilishga erishdi va ushbu hisob o‘yin yakuniga qadar saqlanib qoldi.

Shu tariqa “Milan” ochkolarini 23 taga yetkazib oldi va eng yaqin ta’qibchilarni besh ochkoga ortda qoldirib, peshqadamlik qilmoqda.

“Latsio” o‘z maydonida “Udineze” bilan o‘ynadi va kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi.

A Seriya

9-tur bahslari

29-noyabr, yakshanba

“Milan” — “Fiorentina” 2:0

Gollar: 1:0 – 17 Romanyoli, 2:0 – 27, penalti Kessie.

“Milan”: Donnarumma, Teo, Kalabriya, Romanyoli, Kyer, Tonali (Heuge, 82), Chalxono‘g‘lu, Rebich, Kessie, Braim Dias (Krunich, 75), Salemakers (Diogu Dalot, 90).

“Fiorentina”: Drongovski, Petsselya, Kaseres (Lirola, 60), Biragi, Milenkovich, Kastrovilli (Valero, 77), Riberi (Kutrone, 68), Amrabat, Pulgar, Kalyexon (Bonaventura, 46), Vlaxovich (Kuame, 77).

Ogohlantirishlar: Petsselya (25), Rebich (45), Kastrovilli (52), Kessie (71), Biragi (86), Amrabat (90).

“Latsio” — “Udineze” 1:3

Gollar: 0:1 – 18 Arslan, 0:2 – 45 Pussetto, 0:3 – 71 Foresteri, 1:3 – 74, penalti Immobile.

“Bolonya” — “Krotone” 1:0

Gol: 1:0 – 45 Soriano.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Dunyo
“Sirli odam” — Murali Lal Jalanning Minerva City bo‘yicha intervyusi bahslarga sabab bo‘lmoqda. Lal Jalan aslida kim?
Sport
Bobur Abduxoliqov Belarusda mavsumning eng yaxshi to‘purari va eng yaxshi futbolchisi sovriniga ega chiqdi