Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Argentina prezidenti Alberto Fernandes afsonaviy futbolchi Diyego Maradonaning o‘limi munosabati bilan mamlakatda uch kunlik motam e’lon qildi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

“Bu xabarni yetkazishgan vaqtda ishlayotgandim. Bunga ishongim kelmasdi. Men qayg‘udaman. Bu “Argentinos Xuniors” muxlisi eshitishi mumkin bo‘lgan eng yomon xabar. Biz uni sevamiz.

Uning oilasi bilan bog‘lanishga harakat qilamiz. Ko‘ramiz. Bu katta judolik”, — deydi Fernandes.

Eslatib o‘tamiz, Maradona 25-noyabr kuni yurak xuruji oqibatida 60 yoshida vafot etdi.

Maradona — 1960-yilning 30-oktabrida Argentinaning Lanus shahrida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyati mobaynida “Argentinos Xuniors”, “Boka Xuniors”, “Barselona”, “Napoli” va “Sevilya” kabi nomdor klublarda to‘p surgan. Argentina terma jamoasi bilan 1986-yilgi Jahon Chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritgan. “Napoli” safida esa ikki bor Italiya chempioni bo‘lgan.

Maradona murabbiylik faoliyati davomida “Rasing”, “Al-Vasl”, “Al-Fujayra” va “Dorados” kabi klublarda, shuningdek, 2008—2010-yillar mobaynida Argentina terma jamoasida ishlagan. Uning so‘nggi jamoasi “Ximnasiya La-Plata” klubi edi, mutaxassis 2019-yildan buyon o‘sha yerda faoliyat yuritayotgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi