Dengiz tipratikanlariga ham ba’zida qo‘rqinchli bo‘ladi. Shu sababli Reddit tarmog‘idagi VanillaBean5813 nikli foydalanuvchining oilasi ular uchun 3D-printerda kichik shlyapalarni, jumladan, kovboylarga mo‘ljallangan shlyapalarni yaratish bilan shug‘ullanadi. Dengiz tipratikani egalari esa uni o‘zlarining sevimli jonzotiga kiydirib qo‘yishlari mumkin, deb yozadi Meduza. Natijada hamma xursand.

Foto: Twitter / @Living Morganism

Avvalroq amerikalik qiz qari itlarining zinadan chiqishiga yordam beradigan “Itlar lifti”ni yaratgani to‘g‘risida xabar berilgandi.