Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Bu yil O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari abituriyentlar uchun o‘ziga xos, noan’anaviy va albatta, hayajonlarga boy tarzda o‘tdi. Avvalgi yillardan farqli ravishda, bu yil talaba bo‘lish ishtiyoqidagi talabalar uchun keng imkoniyatlar berildi. Imtihonlarning onlayn tarzda o‘tishi esa abituriyentlarga xorijiy universitetlarga ham hujjat topshirish imkonini berdi. Shunga qaramay, raqobat kuchli bo‘lgani tufayli talabalikka tavsiya etilmay qolgan yoshlar ham oz emas.

G‘oliblar bor joyda mag‘lublar ham bo‘ladi, albatta. Bu tabiiy jarayon. Muhimi, ana shu mag‘lubiyatni o‘z foydangizga o‘zgartira olishdir. Hozirda Markaziy Osiyo mintaqasida ko‘plab nufuzli oliygohlarning filiallari o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yganini hisobga olsak, imkoniyatlar yetarli. Shunday bo‘lsa-da, bilimga chanqoq, ammo moliyaviy sharoiti bo‘lmagan yoshlar oliy ta’limdan bebahra qolib ketishyapti.

Amerikaning Markaziy Osiyo ta’lim jamg‘armasi ana shunday yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida maxsus stipendiya dasturini ishlab chiqdi.

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mazkur stipendiya dasturi (U.S.-CAEF Enterprise Fellowships) U.S.-CAEF fondi va AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan, Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlari boshqaruvidagi akademik grant bo‘lib, Amerikaning Markaziy Osiyo ta’lim jamg‘armasi oliy ta’lim olishga moliyaviy imkoniyati bo‘lmagan iqtidorli yoshlarga mintaqadagi yetakchi universitet — Markaziy Osiyodagi Amerika universitetida tahsil olish uchun (American University of Central Asia) tanlov asosida stipendiyalar taqdim etadi.

Dastur to‘liq to‘rt yillik o‘qish davrini o‘z ichiga oladi. Ta’lum uchun to‘lovlardan tashqari, grant dasturi har oylik stipendiya va uy-joy bilan taminlaydi, safar xarajatlarini ham qoplab beradi.

Universitet (AUCA, Bishkek, Qirg‘iziston) quyidagi yo‘nalishlar:

- biznes boshqaruvi;

- iqtisodiyot;

- dasturiy ta’minot; (Software Engineering)

- amaliy matematika va informatika bo‘yicha ta’lim olmoqchi bo‘lgan yoshlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi.

E’tiborli jihati shundaki, tanlov shartlari juda sodda tuzilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan, yuqoridagi yo‘nalishlardan birida ta’lim olishga qiziqadigan, ammo moliyaviy imkoniyati yetmaydigan abituriyentlar qatnashishi mumkin. Shuningdek, qatnashchilarning U.S.-CAEF va Amerika kengashlari xodimlari bilan qarindoshlik aloqalari bo‘lmasligi, ariza topshirish paytida AUCA talabasi hisoblanmasligi talab etiladi.

Nomzodlarni saralash tanlov asosida amalga oshiriladi. Imtiyozlar ta’limda yuqori natijalarga erishgan, yetakchilik fazilatlariga ega va iqtisodiy-jamiyatda biznesni rivojlantirish ishtiyoqi bor, ammo moliyaviy qiyinchiliklar sabab universitetda o‘qish uchun pul to‘lay olmaydigan, kam ta’minlangan talabalarga beriladi.

Barcha abituriyentlar Markaziy Osiyodagi Amerika universitetining (AUCA) kirish imtihonlarini mustaqil ravishda topshirishlari shart. Bu U.S.-CAEF dasturiga ariza berishdan alohida jarayon. Faqatgina universitet talabasiga aylanganlar U.S.-CAEF finalchilari sifatida tanlanishi mumkin. Tanlovda qatnashish uchun quyidagi havola orqali onlayn ariza to‘ldirish zarur. https://auca.kg/en/main/

Ushbu ta’lim dasturiga AQSh davlat departamenti homiylik qiladi, xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashlari esa uning faoliyatini nazorat qilib boradi. Agar yuqoridagi talablarga mos kelsangiz imkoniyatni qo‘ldan boy bermay, omadingizni sinab ko‘ring.

Unutmang! Har qanday muvaffaqiyat sizga arzimasdek ko‘ringan kichik qadamlardan boshlanadi. Tanlovda qatnashib o‘zingiz uchun ana shu ilk qadamni tashlang va orzularingizni ro‘yobga chiqaring.

2021-yil uchun dastur shartlari bilan https://uscaef.org havolasi yoki Instagram va Facebook’dagi rasmiy sahifalar orqali batafsil tanishish mumkin. Arizalar 2021-yil 11-yanvargacha kabul kilinadi.

E-mail: uscaef.uz@americancouncils.org

Facebook: https://www.facebook.com/Ameri...

Instagram: AmericanCouncils.Uz

Telegram: https://t.me/ACCELS

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin oktabr o‘rtalarida Ostonaga tashrif buyurishi mumkin
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?