“Barselona” hujumchisi Lionel Messi La Liga 10-turida “Atletiko”ga qarshi kechgan o‘yinda (0:1) maydonga tushdi.

Foto: Twitter

Bu 33 yoshli argentinalik futbolchi uchun “Barselona” safidagi 800-o‘yin bo‘ldi.

Messi katalonlar safida 742 ta rasmiy o‘yin va 58 ta o‘rtoqlik uchrashuvlarida qatnashgan. Rasmiy o‘yinlarda futbolchi 640 ta gol urishgan erishgan va 282 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Uning hisobida 561 g‘alaba, 149 durang va 90 ta mag‘lubiyat bor.

Messi rasmiy o‘yinlarda maydonga tushish borasida Messi faqat Xavidan (767) ortda qolmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!