Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“Sheffild Yunayted” bosh murabbiyi Kris Uaylder Premyer Ligasida beshta zaxira tizimiga o‘tishga qarshi ekanini ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Avvalroq Yurgen Klopp (“Liverpul”), Pep Gvardiola (“Manchester Siti”) va boshqa bir qator murabbiylar APLga beshta almashtirish qoidasini qaytarish kerakligi haqida gapirgandi.

Bu top-murabbiylarni hurmat qilaman, chunki ular yuqori natija qayd etmoqda va g‘alaba qozonyapti. Biroq ular egoist, ular faqat o‘z klubi haqida o‘ylaydi. Ular “Sheffild Yunayted” haqida qayg‘urmaydi, ular Angliya uchun qayg‘urmaydi.

Ular faqat “Liverpul”, “Manchester Siti” va “Chelsi” haqida o‘ylaydi, ularni tushunaman va hurmat qilaman. Men ham o‘zimni shunday tutgan bo‘lardim. Biroq men “Sheffild”ga qayg‘uraman va bizga beshta zaxira yordam bermaydi.

O‘ylashimcha, oddiy odam haftasiga 250 ming funt maosh olib, 18 kishilik qaydnomadan o‘rin olmaydigan o‘yinchiga achinmaydi. Mendan so‘rasangiz, bu bema’nilik.

Men top-klublarga achinmayman. Agar “Manchester Siti” chorshanba kuni Mo‘g‘ulistonda o‘ynab, keyin esa shanba kuni 12:30 da o‘ynashiga to‘g‘ri kelsa, keling, shunday bo‘la qolsin! Agar bu bizning foydamizga xizmat qilsa, biz bajonidil undan foydalanamiz. Chunki futbolning asosi shundan iborat.

Kris Uaylder, “Sheffild Yunayted” bosh murabbiyi

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi sabab to‘xtab qolgan 2019/20-yilgi mavsum restartidan keyin APLda beshta o‘yinchi almashtirish qoidasi muomalaga kiritildi. Biroq 2020/21-yilgi mavsum boshida qator klublar qarshi chiqqani sabab ushbu qoida bekor qilindi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Surxondaryoda 3-sinf o‘quvchisi maktab hovlisida vafot etdi
Dunyo
Merkel Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilishga chaqirdi
Mahalliy
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)