Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 10-turida “Real” 21-noyabr kuni “Vilyarreal” maydonida mehmon bo‘ldi.

Foto: Twitter

Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq Mariano Dias madridliklarni oldinga olib chiqdi. Tanaffusga qadar har ikki jamoa vakillarida bir qator imkoniyatlar yuzaga keldi, biroq birinchi bo‘limda hisob boshqa o‘zgarmadi.

Ikkinchi bo‘limni maydon egalari qator hujumlar bilan boshladi. Ana shunday hujumlarning biri penalti bilan yakun topdi. 11 metrlik jarima jarima zarbasini Xerar Moreno muvaffaqiyatli ijro etdi. So‘nggi daqiqalar “sariq suv osti kemasi”ning ustunligida o‘tdi, biroq mezbonlar qator hujumlardan unumli foydalana olmadi.

“Real” 17 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi. “Vilyarreal” esa 19 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.

La Liga

10-tur bahsi

21-noyabr, shanba

“Vilyarreal” — “Real Madrid” 1:1

Gollar: 0:1 – 2 Mariano Dias, 1:1 – 76, penalti Xerar Moreno.

“Vilyarreal”: Asenxo, Albiol, Pau Torres, Mario Gaspar (Penya, 89), Pedrasa (Pino, 61), Trigeros (Estupinyan, 61), Parexo, Iborra, Moyses Gomes (Kubo, 89), Bakka (Chukvueze, 61), Xerar Moreno.

“Real Madrid”: Kurtua, Mendi, Varan, Nacho, Karvaxal, Edegor (Isko, 65), Kroos, Vaskes, Modrich, Azar (Vinisius Junior, 65), Mariano Dias (Asensio, 85).

Ogohlantirishlar: Nacho (68), Pino (90), Kroos (90+3).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!