Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatining Termiz shahri va Denov tumanida amalga oshirilishi rejalashtirilgan qurilish ishlarining loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalining informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Kadr: O‘zbekiston 24

Xususan Termiz shahrining Beruniy ko‘chasida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, masjid, mehmonxona, turar joylar, mahalla guzari va ko‘plab tadbirkorlik subyektlari joylashgan.

Mazkur markaziy ko‘chani batafsil rejalashtirish loyihasiga ko‘ra rekonstruksiya va qurilish ishlari bajariladi. Denov tumanining “Nurli manzil” va “Lochin” mahallalarida energiya tejamkor ko‘p qavatli uylar ijtimoiy muassasalari barpo etilishi mo‘ljallangan.

Kadr: O‘zbekiston 24

Kadr: O‘zbekiston 24