Daryo

Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanining 150 ming kishi yashaydigan yo‘ldosh-shaharchasi loyihasi bilan tanishdi

200 gektardan ziyod ushbu hududda 150 ming aholiga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar, maktab, bolalar bog‘chasi, istirohat bog‘i, tijorat zonasi qurilishi ko‘zda tutilgan

1 daqiqa o‘qish29 858 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-noyabr kuni Toshkent shahrida amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari taqdimoti bilan tanishdi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 12-iyun kuni Olmazor tumanida bo‘lib, Toshkent viloyatidagi Toshkent tumanining bir qismini Olmazor tumaniga o‘tkazib, yangi turar joylar va korxonalar barpo etishni taklif qilgan edi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etishlaricha, Prezidentga taqdim etilgan loyihaga ko‘ra, 200 gektardan ziyod ushbu hududda 150 ming aholiga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar, maktab, bolalar bog‘chasi, istirohat bog‘i, tijorat zonasi qurilishi ko‘zda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyevning 2020-yilning 12-iyunida Olmazor tumaniga tashrifi chog‘ida taqdim etilgan loyihaFoto: Prezident matbuot xizmati
Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar