Daryo

Termizdagi Beruniy ko‘chasi rekonstruksiya qilinadi

Shuningdek, Denov tumanining “Nurli manzil” va “Lochin” mahallalarida energiya tejamkor ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy muassasalar barpo etilishi ko‘zda tutilgan

1 daqiqa o‘qish23 218 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 19-noyabr kuni Termiz shahridagi Beruniy ko‘chasining yangilash loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Termiz shahrining Beruniy ko‘chasida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, masjid, mehmonxona, turar joylar, mahalla guzari va ko‘plab tadbirkorlik subyektlari joylashgan.

“Mazkur markaziy ko‘chaning yangi loyihasiga ko‘ra, rekonstruksiya va qurilish ishlari amalga oshiriladi”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.

Shuningdek, Denov tumanining “Nurli manzil” va “Lochin” mahallalarida energiya tejamkor ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy muassasalar barpo etilishi ko‘zda tutilgan.

Mavzuga doir: Termizda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi o‘z faoliyatini boshladi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar