Buyuk Britaniya ko‘chalarida doimiy ravishda niqob taqish zarurati tufayli lab bo‘yog‘i savdosi deyarli 50 foizga tushib ketdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, odatda britaniyalik ayollar lab bo‘yog‘i uchun yiliga 100 million funt (132 million dollar) sarf qilar edi. Biroq koronavirus pandemiyasi davrida sotuvlar 49 foizga kamaydi.
Majburiy niqob rejimi tufayli ayollar lab bo‘yog‘idan deyarli foydalanmayapti. Sababi u niqobning ichki qatlamiga dog‘ tushirishi mumkin. Ammo pardoz mahsulotlari sotuvi 25 foizgacha ko‘tarilgan. Shuningdek, vizajistlar xizmatiga bo‘lgan talab ham ortib bormoqda.
Mavzuga doir:
- Braziliyalik rassom ko‘rinishini yashirmay virusdan saqlanishni istaganlar uchun niqobga odam ko‘rinishini chiza boshladi
- Yaponlar niqob taqqanda ko‘zoynak bug‘lanmasligi uchun antiqa layfxak o‘ylab topdi (video)
- Barglardan tortib marjon riflarigacha: Pandemiya davridagi eng g‘aroyib himoya niqoblari (foto)
Izoh (0)