“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
06:24, 18.11.2020 15936

O‘z qo‘lingiz bilan gruzincha xachapuri tayyorlang

Nachinkasini uyda bor boshqa mahsulotlardan tayyorlasa ham bo‘ladi.

Foto: “Gastronom”

Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • Un – 550 gr
  • Sut – 400 ml
  • Sariyog‘– 45 gr
  • Xamirturush – 5 gr
  • Shakar – 10 gr
  • O‘simlik yog‘i – 7 ml
  • Tuz
  • Pishloq – 50 gr
  • Tuxum 6 dona

Tayyorlanish jarayoni:

  • Unga xamirturush, tuz, shakar, xona haroratidagi sut hamda o‘simlik yog‘i va 20 gramm eritilgan sariyog‘ qo‘shib xamir qoring.
  • Xamir 30-40 daqiqa tinganidan keyin beshta bo‘lakka bo‘lib, muzlatkichga qo‘ying.
  • Nachinka tayyorlash uchun pishloqni qirg‘ichdan chiqarib, tuxum va 20 gramm sariyog‘ bilan aralashtiring.
  • Xamirni 5 mm qalinlikda yoying.
  • Bo‘laklarga nachinka solib xamir chetini suratdagidek ko‘rinishga keltiring (qayiq ko‘rinishini esga solishi kerak).
  • 200 daraja qizigan pechga 15 daqiqaga qo‘ying.
  • Pechdan olib ustiga tuxum chaqing va yana 5 daqiqaga qo‘ying.
  • Issiqligida dasturxonga torting.

Yoqimli ishtaha!

Izoh qoldirishdan avval, qoidalar bilan tanishib oling: http://dy.uz/QbkeZ