Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Xitoy, Avstraliya, Yaponiya va Osiyo–Tinch okeani mintaqasining yana 12 mamlakati eng yirik erkin savdo zonasini shakllantirdi. Kelishuv Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari assotsiasiyasining (ASEAN) onlayn-sammitida imzolangan, deya xabar qildi Reuters.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Kelishuvda “Har tomonlama iqtisodiy mintaqaviy hamkorlik” zonasini yaratish ko‘zda tutilgan.

Shartnomani ASEAN a’zolari, jumladan, Bruney, Vyetnam, Indoneziya, Kamboja, Laos, Malayziya, Myanma, Singapur, Tayland, Filippin davlatlari, shuningdek, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Yangi Zelandiya hukumatlari imzolagan.

Mazkur davlatlarning umumiy aholisi 2,2 milliardni tashkil qiladi va jahon iqtisodiyotining 30 foizi ushbu mamlakatlar hisobiga to‘g‘ri keladi. Kelishuv doirasida savdo badallarini tushirish harakatlari amalda bo‘ladi. Bu Yaponiyaning Xitoy va Janubiy Koreya bilan bir vaqtning o‘zida imzolagan erkin savdo to‘g‘risidagi birinchi shartnomasi, deb yozmoqda Nikkei.

Reuters’ning qayd etishicha, ushbu xalqaro shartnoma AQSh sobiq prezidenti Barak Obama ilgari surgan dasturga berilgan navbatdagi kuchli zarba bo‘ladi. 2016-yil fevralida Tinch okeani mintaqasi davlatlari bilan transchegaraviy hamkorlik kelishuvi imzolangandi. Ushbu savdo pakti Osiya–Tinch okeani mintaqasida xizmatlar va mahsulotlar uchun bojxona badallarini bekor qilishni ko‘zda tutgan.

Obama ushbu shartnomani imzolaganidan bir yil o‘tib navbatdagi prezident Donald Tramp uni bekor qilgan va AQSh kelishuvdan chiqqandi. Tramp bunday hamkorlik mamlakat manfaatlariga zid ekanini qayd etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya lirasi yana rekord darajada tushib ketdi
Mahalliy
Buxoroda ayol yuk poyezdi ostida qoldi. U o‘z joniga qasd qilgan
Mahalliy
O‘zbekiston Xitoyga qovun qoqi va loviya eksport qiladi