Daryo

Jigar go‘shtiga sariyog‘ qo‘shib turkcha taom pishiramiz

Ta’bga ko‘ra guruch pishirib, garnir sifatida jigar bilan qo‘shib iste’mol qilishingiz ham mumkin

1 daqiqa o‘qish34 972 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Hürriyet

Mazasi og‘zingizda qolishi, oila a’zolaringiz esa qayta pishirib berishingizni iltimos qilishi aniq.

Foto: Hürriyet
Kerakli mahsulotlar:
  • Sariyog‘ — (eritilgan) 3 osh qoshiq;
  • Jigar go‘shti — 500 gr;
  • Piyoz (iloji bo‘lsa, qizilidan foydalaning) 2 dona;
  • Petrushka;
  • Tuz, murch;
  • Timyan (ziravor).
Tayyorlanish jarayoni:
  • Jigar go‘shtini yupqa qalinlikda to‘g‘rang.
  • Tovada sariyog‘ni eritib oling.
  • Erigan sariyog‘ga jigarni solib, har ikki tarafini 2 daqiqadan qizartirib oling.
  • Qovurilgan jigarga tuz va xushbo‘y ziravorlarni qo‘shing.
  • Piyozni o‘rtasidan bo‘lib, uzunasiga to‘g‘rang va tuz seping.
  • Petrushkani ham maydalab to‘g‘rang va piyozga qo‘shib aralashtiring.
  • Likopchaga pishgan jigar go‘shti va uning oldiga piyozli aralashmani soling.
  • Ta’bga ko‘ra guruch pishirib, garnir sifatida jigar bilan qo‘shib iste’mol qilishingiz ham mumkin.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar