“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskiga lego kontruktoridan yig‘ilgan “Oltin to‘p” topshirildi.
Ushbu “sovrin”ni 32 yoshli futbolchiga polshalik mashhur reper Quebonafide topshirdi.
“Men uchun atalgan ushbu ajoyib sovrin uchun senga rahmat aytaman”, — deya yozadi Robert Instagram sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, France Football tomonidan topshirib kelinadigan “Oltin to‘p” sovrini 2020-yilda koronavirus pandemiyasi sabab bekor qilindi.
Mavzuga doir:
- “Oltin to‘p”—2020 bekor qilindi. Sovrin ta’sis etilgandan buyon ilk bor topshirilmaydigan bo‘ldi
- “Barselona” “Oltin to‘p” bekor qilingani haqida: “Eng yaxshi futbolchi kim ekanini hamma biladi”
- 2020-yilgi “Oltin to‘p” sovrinini topshirish uchun tashkillashtirilgan petitsiyani qariyb 150 ming kishi imzoladi
- Robert Levandovski bu yilgi “Oltin to‘p”ni kimga topshirish kerakligini aytdi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)