Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonlik turkolog olim Andrey Kubatin 29-oktabr kuni vafot etdi. U koronavirusdan xastalanib, shifoxonaning jonlantirish bo‘limida davolanayotgandi. Bu haqda marhumning yaqinlariga tayanib, “Kun.uz” xabar berdi.

Foto: Facebook / Andrey Kubatin

Foto: Facebook / Andrey Kubatin

Andrey Kubatin 2019-yil dekabrdan buyon O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazida faoliyat yuritib kelayotgandi.

2019-yil 26-sentabr kuni Toshkent viloyati sudida Kubatinning ishi qayta ko‘rib chiqilgan va olim to‘liq oqlanib, sud zalidan ozod etilgandi. Toshkent davlat sharqshunoslik institutining katta o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan yosh olim 2017-yili Jinoyat kodeksining 157-moddasi (davlatga xoinlik qilish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda ayblanib hibsga olingandi. O‘sha yili Kubatinga nisbatan 11 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.

Avvalroq akademik Shavkat Akmalxonov 87 yoshida, akademik Tursunboy Rashidov 86 yoshida, akademik To‘ra Mirzayev va O‘zbekiston Qahramoni, arxeolog G‘ayratdin Xo‘janiyozov 72 yoshida vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning turli hududlarida elektr ta’minotida cheklovlar kiritiladi
Dunyo
“Daryo” kundaligida 5-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Madaniyat
“Ikki o‘g‘lim AQShda tahsil oladi, ularning san’at yo‘lidan ketishini istamadim”. Anvar Sanayev farzandlari haqida (video)