• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev 4 ta davlat elektr energetikasi korxonasining moliyaviy modeli va biznes rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni elektr energetikasi korxonalarini transformatsiya qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, bu sohadagi tizimli o‘zgarishlar davlat rahbarining 2019-yil 1-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan boshlangan. Hujjatga muvofiq, Energetika vazirligi tashkil etilib, sohada boshqaruv va tijorat funksiyalari ajratildi.

    Shuningdek, 2019-yil 27-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi Prezident qarori bilan sobiq “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati negizida 3 ta yo‘nalish bo‘yicha alohida kompaniyalar — “Issiqlik elektr stansiyalari”, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi.

    Qayd etilishicha, energetika sohasiga xususiy investitsiyalar kirib kelishi uchun zamin yaratildi. Natijada bir yilning o‘zida davlat-xususiy sheriklik asosida 2 milliard dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalarni jalb qilish, 2700 megavatt quvvatli 6 ta yangi elektr stansiyasini qurish bo‘yicha loyihalar boshlandi.

    Endi oldinda transformatsiyaning yangi bosqichi, ya’ni, stansiyalarni modernizatsiya qilish, energiya tejamkorlikni oshirish, tannarxni pasaytirish va istiqbolda elektr energiyasining raqobatli bozorini yaratish vazifalari turibdi.

    Yig‘ilishda shu yo‘nalishlardagi muhim chora-tadbirlar muhokama qilindi. Avvalo, korxonalarni modernizatsiya qilish masalasiga e’tibor qaratildi.

    Bugungi kunda elektr stansiyalarining eskirganlik darajasi 50 foizdan yuqori. Bundan tashqari, eski quvvatlarda yoqilg‘i sarfi yangi bug‘-gaz qurilmalariga nisbatan 2 baravar ziyod.

    Shu bois modernizatsiya ishlarini davom ettirish, lekin buni oldingidek davlat kafolati hisobiga emas, balki xususiy kapitalni jalb qilish orqali amalga oshirish zarurligi qayd etildi.

    “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “Issiqlik elektr stansiyalari” hamda “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy hisobotlarni jahon standartlari asosida tayyorlash tizimiga o‘tish kerakligi ta’kidlandi.

    Bu xalqaro kredit reytingi olish, kelgusida yevroobligatsiyalar chiqarishda muhim omil bo‘ladi. Mutasaddilarga shu maqsadlardan kelib chiqib, mazkur 4 ta kompaniyaning uch yillik moliyaviy modeli va biznes rejalarini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

    Transformatsiya jarayonlariga ko‘maklashish uchun korxonalar boshqaruviga va kuzatuv kengashlariga chet ellik mutaxassislar jalb qilinishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ta’kidlanishicha, hozirda elektr energiyasi ulgurji bozori qoidalari belgilanmagani sababli investorlar bilan energiyani qat’iy narxlarda xarid qilish bo‘yicha uzoq muddatli shartnomalar imzolanmoqda. Bunday yondashuv kelgusida raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin. Shu bois elektr energiyasi raqobatli bozoriga o‘tish bosqichlari va qoidalarini belgilovchi hujjat ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

    Sohaga ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish, “raqamli transformatsiya”ni amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Yig‘ilishda yangi loyihalarning ijrosiga ham e’tibor qaratildi. Jizzax, Samarqand va Surxondaryoda quyosh, Buxoro va Qoraqalpog‘istonda shamol, Sirdaryo va Surxondaryoda issiqlik elektr stansiyalari barpo etilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyihalarni jadallashtirish, ularga davlat-xususiy sheriklik asosida investitsiyalar yo‘naltirish muhimligi aytildi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonning uzoq hududlarini kichik quyosh elektr stansiyalari yordamida suv va elektr energiyasi bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda

    26.10.2020, 20:11   Izoh (0)   36089
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi deyarli o‘sishdan to‘xtadi

    26.10.2020, 19:11

    SSV huzuridagi shtab a’zosi samarasi isbotlanmagan dorini koronavirusning birinchi kunidan berilishini oqladi

    26.10.2020, 18:57

    “O‘zgidromet” 27-oktabrda kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

    26.10.2020, 18:10

    “Vaksinani olib kelishimiz kerak bo‘lsa, albatta sinovini o‘tkazishimiz kerak” — Innovatsion rivojlanish vaziri

    26.10.2020, 17:59

    Andijon viloyati hokimligi internetda audioyozuvi tarqalgan Bo‘ston hokimiga ogohlantirish berdi

    26.10.2020, 17:11

    Andijon shahar hokimining uy-joy qurish uchun auksionsiz yer ajratib berish to‘g‘risidagi noqonuniy qarori bekor qilindi

    26.10.2020, 16:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.