Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyalik bloger Mixail Litvin o‘zining Mercedes GT63s avtomobilini yoqib yuborib, uning videosini YouTube’dagi kanaliga joylashtirdi.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

“Mercedes kompaniyasi bilan sodir bo‘lgan mojarodan so‘ng ‘Akula’mni nima qilishni uzoq o‘yladim. Menimcha, ushbu g‘oya olov! Va mana, bo‘ldi…”, — deb yozadi bloger.

Blogerning so‘zlariga ko‘ra, bu avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan sodir bo‘lgan mojaro sabab yuzaga kelgan.

Rolikdan ko‘rish mumkinki, 20 yoshli yigit keng dala o‘rtasiga joylashtirilgan mashina yukxonasi ichidan benzin solingan idishlarni olib, yoqilg‘ini avtomobil ustiga sepgan. Shundan so‘ng bloger chetga o‘tib, o‘t qo‘yib yuborgan. Litvin Mercedes’ining yonayotganini mangalda sosiska pishirib tomosha qilib o‘tirgan.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Litvinning so‘zlariga ko‘ra, u ushbu mashinani 2019-yilning mayida sotib olgan, biroq oradan biroz vaqt o‘tgach Mercedes-Benz GT63s muntazam buzila boshlagan. U mashinani rasmiy dilerga olib borgan, biroq ular nosozlikni bartaraf eta olmagan. Shundan keyin bloger ushbu transport vositasidan voz kechishga qaror qilgan.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Ma’lumot uchun, Rossiyada Mercedes-Benz GT63s mashinasi 13 million rubl (170 ming dollar) turadi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda o‘zbekistonlik Laziz Hoshimov Mixail Litvin tomonidan o‘ynalgan Bentley mashinasini yutib olgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi