Janubiy Koreyaning Hyundai Motor kompaniyasi eng tezkor modifikatsiyaga ega N lineykasiga kiruvchi yangi avlod Elantra’ni taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Marka o‘zining ushbu sedanini Nyurburgring trassasida sinovdan o‘tkazishga qaror qildi, deb xabar beradi Motor.
YouTube’dagi CarSpyMedia kanalida komfulyajlangan Elantra N prototipining Germaniyadagi trassa harakatlanayotgani tasvirlangan 3 daqiqali video paydo bo‘ldi. Maskirovka ostidan Hyundai iyul oyida taqdim etgan Elantra N Line “kichik” versiyasidan ajralib turuvchi jihatlar ko‘zga tashlangan.
N subbrendi modeli past profilli rezina kiygizilgan g‘ildirak diskalariga, orqa bamperning yon tomonlariga joylashtirilgan gaz chiqarish tizimi va yukxona tomidagi ulkan spoylerga ega bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Elantra N’ning kapoti ostidan 275 ot kuchiga ega ikki litrli turbomotor o‘rin olgan bo‘lib, u olti pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yoki yangi sakkiz diapazonli “robot” yordamida boshqariladi. Bu kabi motorga esa i30 N soatiga 100 kilometr tezlikka 6,2 soniyada erishadi, maksimal tezligi esa 250 km/soat.
Hyundai Elantra N shu yilning oxiriga qadar taqdim etilishi mumkin. Hozirgi kunda Janubiy Koreyaning N lineykasidan uchta model o‘rin olgan: Veloster N, i30 N va i20 N.
Avvalroq internetda Hyundai Ioniq 5 seriyali elektrokrossoveri prototipining yangi suratlari, Hyundai Tucson’ning esa final sinovlari tasvirlangan video paydo bo‘lgandi.
Izoh (0)