27-oktabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga Rossiyaning Yevropa qismidan Volgabo‘yi orqali sovuq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda. 28—29-oktabr kunlari uning ta’siri butun O‘zbekiston hududiga tarqaladi, deb xabar beradi “O‘zgidromet”.

Foto: “O‘zgidromet”

Ma’lum qilinishicha, 27—28-oktabr kunlari O‘zbekistonning ayrim hududlarida shamol tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin.

28—29-oktabr kunlari esa havo harorati kechasi 0-3 darajagacha pasayadi, ayrim joylarda 1-2 daraja sovuq bo‘ladi, kunduzi 10-13 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 18-sentabr kuni Qamchiq dovonida, 10-oktabr kuni Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida birinchi qor yog‘gan edi.