Daryo

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida birinchi qor yog‘di (foto)

O‘ktam Toshboyevning ma’lumot berishicha, qor tuman markazidan 150-170 kilometr uzoqlikdagi Oybek va Duob qishloqlarida yog‘gan

1 daqiqa o‘qish281 558 ko‘rishlar0 izoh1

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida birinchi qor yog‘di. Bu haqda “Daryo”ga tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri o‘rinbosari O‘ktam Toshboyev ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

O‘ktam Toshboyevning ma’lumot berishicha, qor tuman markazidan 150-170 kilometr uzoqlikdagi Oybek va Duob qishloqlarida yog‘gan.

Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”

“Bugun yana besh yuz yillik archalar qalin qor bilan qoplandi. Qish g‘amini yozda ko‘r, deganlaridek, bu yil qishning erta kelishini mutaxassislar qatorida fasllar bo‘yicha yil davomida kuzatishlar olib boruvchi keksalar ham bashorat qilishmoqda. Demak, qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish har birimizning vazifamizdir. Buni ayniqsa, bugungi pandemiya sharoitida ta’lim muassasalari rahbarlari chuqur his etishlari lozim”, — deydi O‘ktam Toshboyev.

Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”

Toshboyevning ma’lumot berishicha, Oybek qishlog‘ida tuman XTBga qarashli 5 ta maktab va 5 ta filial, Duobda esa 6 ta maktab va 1 filial joylashgan.

Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning 1-aprelida ham ushbu hududda qalin qor yog‘gandi. Shuningdek, Dehqonobodda bir vaqtning o‘zida to‘rt faslni kuzatish imkoniyati ham bor.

Mavzuga doir: Bahor faslida Dehqonobodda qor yog‘di (video)

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar