Daryo

Qamchiq dovonida birinchi qor yog‘di (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda dovonda qor yog‘ayotgani tasvirlangan video tarqaldi

1 daqiqa o‘qish129 286 ko‘rishlar0 izoh0

18-sentabr kuni kunduzi O‘zbekiston bo‘ylab ba’zi joylarda havo o‘zgarib, yog‘ingarchilik kuzatildi. Ijtimoiy tarmoqlarda Qamchiq dovonida qor yoqqani tasvirlangan foto va videolar tarqaldi.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, 18-sentabr kuni O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, respublika tog‘ oldi va tog‘ hududlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Avvalroq O‘zbekistonda dam olish kunlari sovuq oqim chekinib, havo ochiq bo‘lishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda hafta o‘rtalaridan havo salqinlashishni boshlaydi

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning ayrim hududlarida saratonda kuchli qor yoqqan edi.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar