Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerikaning Ogayo shtatida olti yoshli qizcha dezinfeksiya vositasi bilan o‘ynab, kuyib qoldi. Qizaloqning do‘stlaridan biri uning sanitayzer surtilgan yuzini bexosdan yoqib yuborgan, deb yozadi The Sun.

Foto: The Sun

Foto: The Sun

Ma’lum bo‘lishicha, qizaloq bog‘da do‘stlari bilan bir-birga antiseptik sepib o‘ynayotgan bo‘lgan. Bolalardan biri “zajigalka” olib kelib, bexosdan uning yuziga o‘t qo‘yib yuborgan. Bolakay zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Jarohat sabab qizaloqning bir qulog‘idan ikkinchisiga qadar chandiq qolgan. Onasining so‘zlariga ko‘ra, olingan jarohat sabab farzandi uch oy ko‘zguga qarashdan bosh torgan. Bundan tashqari, u maktabdagi onlayn darslar vaqtida tez-tez kamerani o‘chirib qo‘yadi.

“Qaysidir kunlari u o‘zini yaxshi his qiladi. Bir kun chandiqlariga e’tibor bermay qo‘yishga urinsa, ertasi kuni juda xafa bo‘lib, yana xunuk ekanligini o‘ylay boshlaydi”, — deydi qizaloqning onasi. Hozirda u chandiqlar bitishi uchun uni bog‘lab yurishga majbur.

Foto: The Sun

Foto: The Sun

Oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiyot vositalari sifatini nazorat qilish boshqarmasi ayrim nopok ishlab chiqaruvchilar sanitayzerlarga metil spirti qo‘shgan bo‘lishi mumkinligidan xaridorlarni ogohlantirgan. Bu tez alanga oluvchi toksik vosita bo‘lib, ko‘plab marotaba ko‘rlik va kuyish holatlarni yuzaga keltirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Namanganda ijtimoiy tarmoqlarda so‘kingan audiosi tarqalgan tuman hokimiga hayfsan berildi
Mahalliy
Turkiyaning TRT kanali Luvr muzeyidan Katta Langar Qur’oni namoyishiga oid reportaj tayyorladi (video)
Mahalliy
Kovidning yangi varianti bolalar va homiladorlarda qanday kechmoqda?