Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Real” La Liga 6-turi doirasidagi o‘yinda Kataloniyaga safar qilib “Barselona”ni mag‘lubiyatga uchratdi (3:1).

Foto: Goal

Foto: Goal

Madridliklar jamoasi rasmiy o‘yinlardagi umumiy g‘alabalar soni bo‘yicha “Barselona”ni ortda qoldirdi — 97:96. Shuningdek, bu jamoalar o‘zaro 52 marta durang qayd etgan. To‘plar nisbati esa 408:400 “Real” foydasiga.

Jamoalar La Liga doirasida 182 marta to‘qnash keldi. Ularda “Real” 74 ta g‘alaba qayd etgan, 36 bor murosa yo‘li tanlangan bo‘lsa, “Barselona” hisobida 72 g‘alaba mavjud. To‘plar nisbati — 291:289, yana madridliklar foydasiga.

Zinedin Zidan shogirdlari ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 13 taga yetkazib olgan holda musobaqa peshqadamiga aylandi va bitta zaxira o‘yiniga ega.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman — suratlarda
Dunyo
Trampning sobiq maslahatchisi prezident saylovida qatnashishga tayyorligini bildirdi
Madaniyat
“Kuniga 1 000 dollar topganda talash bo‘lgan ota keksayganda hech kimga kerak bo‘lmay qoldi” — Bobomurod Hamdamovning kelini oiladagi kelishmovchiliklar haqida (vi...