Niderlandiya chempionatining 6-turida “Ayaks” 24-oktabr, shanba kuni “VVV Venlo” uyiga safar qildi.
Uchrashuvda amsterdamliklar raqib darvozasiga javobsiz 13 ta to‘p kiritdi. Bu Erediviziya tarixidagi eng yirik hisobga aylandi. Avvalgi rekord ham “Ayaks”ga tegishli bo‘lib, jamoa 1972-yilda “Vitess”ni 12:1 hisobida yutgandi.
“Ayaks” safida 19 yoshli Lassina Traore beshta gol urgan bo‘lsa (yana uchta assist), Klas-Yan Huntelar va Yurgen Ekkelenkamp dublga erishdi. Shuningdek, Dushan Tadich, Antoni, Deyli Blind va Lisandro Martines ham maydonni golsiz tark etmadi.
Erediviziya
6-tur bahsi
24-oktabr, shanba
“VVV Venlo” — “Ayaks” 0:13
Gollar: 0:1 – 12 Ekkelenkamp, 0:2 – 17 Traore, 0:3 – 32 Traore, 0:4 – 44 Tadich, 0:5 – 54 Traore, 0:6 – 55 Antoni, 0:7 – 57 Ekkelenkamp, 0:8 – 59 Blind, 0:9 – 65 Traore, 0:10 – 74, penalti Huntelar, 0:11 – 76 Huntelar, 0:12 – 78 Martines, 0:13 – 87 Traore.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)